MS Excelning menyular satri haqida

Bo'lim: Informatika

Muallif: Javohirbek


Yozilgan sana: 2019-01-05



MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan:
Главная – jadvallardagi ma’lumotlarni kiritishga va tahrirlashga mo‘ljallangan;
Вставка – jadvalga biror rasm, diagramma kabi obyektlarni joylashtirishga mo‘ljallangan;
Разметка страницы - jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchin sahifalarning chegaralari va boshqa parametrlarini belgilash uchun mo‘ljallangan;
Формулы – jadvallardagi hisoblashlarni amalga oshiruvchi har xil formulalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan;
Данные - jadvallarning ustun va satrlaridagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash, nusxalarini ko’paytirish, keraksizlarini yo’qotish, tashqi axboratlarni kiritish;
Рецензирование – matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash;
Вид – jadvallarni ekranda turlicha namoyish qilishga moslashtirish. Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi panel mavjud bo‘lib, u yerda xotirada saqlash, oxirgi amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin. Ushbu panelga yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin.


955 marta ko'rildi