Fonetika

Bo'lim: Ona tili

Muallif: Lazizbek


Yozilgan sana: 2020-08-25



FONETIKA Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so'zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar va shu so‘zlaming o'zaro bog‘lanishini ta’minlovchi grammatik vositalar (qo'shimchalar, yordamchi so‘zlar) ma’lum nutq to￾vushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug‘ ayyomni mana shu cho'lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov). Bu gapni tuzishda biz, ulug‘, ayyom, mana, shu, ch o‘l, kutib, olmoq so‘zlari, ularning o'zaro bog'lanishini ta’­ minlovchi -n i (tushim kelishigi qo'shimchasi), -yap (zamon ma’nosini ifo￾dalovchi qo'shimcha), -miz (shaxs-son qo'shimchasi) qo'shimchalari qat￾nashgan; har bir so'z va qo'shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masa￾lan, biz - b, i, z; ulug' - и, I, u, g ‘; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi. Ko'rinadiki, nutq tovushlari so'z va gaplami tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir. Fonetika tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, turlari, "o'zgarishi, urg'u, bo'g'in, ohang kabilar o'rganiladi. Fonetika grekcha phone so'zidan olingan bo'lib lug'aviy ma’nosi tovush demakdir. Fonologiya so'zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi {phone - tovush, logos - ta’limot). Bu bo'limda tovushlaming so'z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo'limida tovushlaming fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo'lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o'rganiladi. 2-§. Tovush va fonema Tovush bilan fonemani o'zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo'linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har qanday so'z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, о tovushlarini ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma’nodagi so'zlar hosil qilinadi. So'zlar tovush tarkibiga ko'ra turlicha bo'ladi. 1. Bir tovush bilan farq qiladigan so'zlar: ot - ol, ol - oq, oq - osh, osh - ov, ov - oz, oz - on, on - or, or - os, os - och, och - o g ‘, o g ‘ - ox; o ' z - oz, oz - iz, iz - uz, uz - ez, davlat - savlat, adip - adib kabi. Tovushlam ing joylashish tartibiga ko'ra farq qiladigan so'zlar. M asalan: q o y - yo'q (birinchi s o 'z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so 'zn in g oxirida qoMlanadi.) 3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so'zlar: о Чка- y o ika, et￾bet. sava - savat, tana - tashna, taxt - taxta, о roq - so roq kabi. Dem ak, so 'zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to 'rt va hokazo m iqdordagi tovushlam ing tartiblashishidan hosil bo'ladi. F o n em a s o 'z m a’nosini farqlash uchun xizm at qiladigan tovush turidir. M asalan: bal - bel -b il -b o l - b o ‘I so'zlari tarkibidagi a, e(e), i, o, o ‘ tovushlari so 'z m a’nolarini belgilash (ajratish) ga xizm at qiluvchi fonem alardir: bor, dor, zor, kor, nor, tor, xor, chor} qor so'zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, q J ham shunday vazifa bajargan. Fonem alam ing uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artiku￾lyatsiyasi (aytilishi yoki talaffuzi). 3. M a’no farqlashi (b a’zi darsliklarda "lingvistik tom oni” deyiladi)3. B ular ichida fonem aning m a’no ajratish belgisi m uhim hisoblanadi. Aks holda tovush fonem a sanalm aydi. 3-§. F o n etik a k u stik a F o n etik a k u stik a nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. A kustik jihatdan har qanday tovush havo oqim ining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o'p k ad an kelayotgan havo oqim ining un paychalari tebranishidan hosil bo'ladigan ovoz va nutq organlarida hosil bo'ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. N utq tovushlari akustikasida ko'yidagilar farqlanadi: 1. N utq to v u sh la rin in g b alan d lig i yoki pastligi m a’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish m iqdoriga k o 'ra har xil chiqishidir: un paychalari k o 'p tebransa, tovush baland bo'ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi. 2. N utq to v u sh la rin in g k u ch i m a’lum kenglikdagi m aydondan m a’lum vaqtda o'tadigan energiya m iqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H .Jam olxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm~ m aydondan 1 sekundda o'tad ig an energiya m iqdoridir”4. Dem ak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog'liq: tebranish kengligi katta bo'lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo'lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi. 3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) - asosiy ton bilan hosil bo'­ ladi. Tovushlaming tembri og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ining hajmi. shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo'lishiga bog'liq. 4. Tovushning cho^iqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o'lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho‘ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo‘ladi. 4-§. Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi. Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi: 1. Nafas apparati: o'pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‘li (traxeya). 2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar hamda un paychalari joylashgan. 3. Og‘iz bo‘shIig‘ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan. 4. Burun bo‘shlig‘i. 5. Markaziy nerv sistemasi. Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to‘xtalib o‘tamiz. 0 ‘pka inson organizmini kislorod bilan ta’minlovchi a’zo ekanligi hammaga ma’lum. Nutq a’zosi sifatida esa o‘pka nutq tovushlarining hosil bo'lishi uchun zarur bo'lgan havo oqimini etkazib beradi, ya’ni inson nafas olganida o'pka va undagi bronxlar havoga to'ladi va bu havo oqimi tashqariga qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi. Havo oqimi nafas yo‘li orqali bo‘g‘izga tomon harakat￾lanadi. Bo'g'izdagi cho'michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasi￾mon, piramidasimon, qalqonsimon tog'aylar un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o'xshab havo urilishi natijasida ovoz chiqaradi (simyog'ochga tortilgan simlaming shamol kelib urilishi natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko'z oldingizga keltiring). Og‘iz bo‘shlig‘i to￾vushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko'p tovushlami hosil qilishda ishtirok etadigan a’zodir. Tilning turlicha harakati va holati natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo'ladi. Kichik til ham ayrim tovushlaming (q, g ‘, x) hosil bo'lishida qatnashadi. Lablar￾ning keng ochilishi, cho'chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida turli tovushlar hosil boiadi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan sirg'alib chiqishi natijasida hosil boMadi. M, n, ng tovushlari hosil boMishida havo oqimining bir qismi burun bo'sh￾IigM orqali o‘tib, tashqariga chiqadi. Markaziy nerv sistemasi nutq a’zola￾ri harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a’zosining tovushlami hosil qilishda o'z vazifasi bor. So'z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vosita￾lar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg‘u, ohang (intonatsiya) kiradi. So'z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida fikr yuritildi. Lug‘at tarkibidagi barcha so'zlar, grammatik shakllar ana shu fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. Ayrim hollarda o'xshash bo'lgan (omonim) so'zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg‘u (leksik urg'u) fonetik vosita boMishi mumkin. Masalan: olma (predmet, mevaning bir turi), olma (harakat, olmoq fe’lining bo'lishsiz shakli, -ma qo'shimchasini ajratish mumkin); akademik (predmet, ot), akademik (belgi, sifat); gullar (ot, "ko'p gul” ma’nosida), gullar ( fe’l, "gullamoq”). Gapning maqsadga ko'ra turini ajratishda esa intonatsiya (ohang) fonetik vosita boMishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so ‘roq gap). 6-§. Nutq tovushlarining tasnifi Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil boMishida o'pkadan chiqa￾yotgan havo og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramasdan o'tadi, undosh tovushlami hosil qilishda esa o'pkadan chiqayotgan havo og'iz bo'shligMda turli to'siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo iadi. 2) unli tovushlami cho'zib talafuz qilish mumkin, undoshlami esa cho‘zib talaffuz qilib boMmaydi. 3) unli tovushlar talaffuzida tovush pay￾chalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin. 7-§. Unli tovushlar va ularning tasnifi Har bir til o'zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. O'zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, о, //, o\ e) uch tomondan tasnif qilinadi: 1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko'ra; Og‘iz bo‘shlig‘ida eng faol organ tildir. U unli tovushlami talaffuz qilishda oldinga (tish yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu harakati gorizontal harakat hisoblanadi. Shuning uchun unliiar tilning gorizontal harakatiga ko‘ra ikki guruhga bo'linadi: 1) old qator unliiar: a, e, i; 2) orqa qator unliiar: o,o‘,u. 2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko'ra; Unli tovushlar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko'tarilishi va tushishi vertikal harakatdir. Bu harakat tufayli og'izning ochilish darajasi har xil bo'ladi. Chunonchi, i, и unli tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi, shuning uchun ham og'izning ochilish darajasi tor bo'ladi; aksincha, a, о tovushlarini hosil qilishda til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun til bilan tanglay o'rtasidagi oraliq keng bo'ladi; e, o‘ tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o'rtasidagi oraliq o'rtacha (tor ham emas, keng ham emas) bo'ladi. Ko'rinadiki. tilning vertikal harakati og'izning ochilish darajasini (tor, keng, o'rta keng) belgilaydi. SHuning uchuri unliiar tilning vertikal harakati (yoki og'izning ochilish darajasi)ga ko'ra uch guruhga bo'linadi: 1) yuqori tor unliiar: i, u; 2) o'rta keng unliiar: e, o'. 3) quyi keng unliiar: a, o. 3. Lablarning ishtirokiga ko'ra. Unliiar talaffuzida lablarning roli ham kattadir. Ayrim unliiar talaf￾fuzida lablar albatta qimirlaydi, ya’ni ular doira shaklini oladi, ayrimlarida esa nisbatan kam qimirlaydi. Shunga ko‘ra unliiar ikki guruhga bo'linadi: 1) lablangan unliiar: u, o', o; 2) lablanmagan unliiar: /, e, a


799 marta ko'rildi