Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati

Bo'lim: Fizika

Muallif: Javohirbek


Yozilgan sana: 2019-01-05



Qadimda yashagan odamlar to‘la-to‘kis tabiatga bog‘liq bo‘lganlar. Chunki hech narsani o‘z qo‘llari bilan yaratmasdan, atrofida borini iste’mol qilganlar. Yog‘in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g‘orlarda bekinib jon saqlaganlar. Asta-sekin ov qurollarini o‘ylab topganlar va olovdan foydalanishni o‘rganishgan. Natijada ularning turmushi yengillasha borgan. Shunga ko‘ra tabiatni o‘rganish, undan foydalanish va unga ta’sir ko‘rsatish boshlangan. Tabiat haqidagi bilimlarni o‘rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanishi natijasida insoniyat sovuq qotish, qoron g‘ilikda qolish, och qolish kabi holatlar dan va ko‘pchilik kasallik lardan qutula oldi. Inson yer yuzi bo‘ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda.
Tabiiy fanlar ichida fizika yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Birinchi mav zuda aytib o‘tilganidek, uning o‘rganadigan sohasi keng qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsa tadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda ham fizika fanini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O‘zbekiston Fan lar akademiyasiga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari laboratoriyalaridagi olimlar shug‘ullanadilar.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ulug‘ bek nomidagi Astronomiya instituti, Akademik S.A. Azimov nomidagi «Fizika-Quyosh» IICHB qoshidagi Fizika-texnika instituti va Materialshunoslik instituti, G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush hodisalariga doir ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.


264 marta ko'rildi