Dasturlashning rivojlanish bosqichlari

Bo'lim: Informatika

Muallif: Javohirbek


Yozilgan sana: 2019-01-05



Ilovalar (amaliy dasturlar) yaratish vositalarining rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko‘rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul bo‘lgan.
Bu ishni bir oz bo‘lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlari)ga o‘girib bergan. Hosil bo‘lgan dastur kodi bevosita kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash deb atalgan. Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash endi kompyuterning mashina kodiga bevosita bog‘liq bo‘lmay qoldi.


Dasturlash tili odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‘proq 80 o‘xshab bora boshladi. Masalan, bu tillarda agar x>0 bo‘lsa, u holda y=ln(x) kabi jumlalardan foydalanish mumkin bo‘lgan. Dastur matnini kompyuter tushunadigan mashina kodiga o‘girishni maxsus ishlab chiqilgan va translyator deb ataluvchi dastur bajargan. Natijada dasturlash ancha osonlashib, kompyuter yordamida yechiladigan masalalar ko‘lami kengaydi.


2170 marta ko'rildi