D.I. Mendeleyevning davriy sistemasi

Bo'lim: Kimyo

Muallif: Javohirbek


Yozilgan sana: 2019-01-05



juda katta yutug‘i, hozirgi zamon kimyosining asosidir. Davriy sistema tuzishda atomning asosiy xususiyati sifatida uning atom massasi qabul qilindi. D.I. Mendeleyevdan ilgari o‘tgan ko‘pgina kimyogarlar: nemis olimlari I. Debereyner (1780 – 1849) va L.M. Meyer (1830 – 1895), ingliz J. Nyulends (1838 – 1898), fransuz A. Shankurtua (1819 – 1886) va boshqalar kimyoviy elementlar klassifikatsiyalarining turli variantlarini taklif etdilar. Lekin ular o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan barcha kimyoviy elementlarni sistemaga solishga muvaffaq bo‘lmadilar. Faqat rus olimi D. I.
Mendeleyevning tabiatning asosiy qonunlaridan birini – kimyoviy elementlarning qonunini kashf etishigina kimyoviy elementlarning yagona sistemasini yaratishga imkon berdi.
D.I. Mendeleyev o‘zi kashf etgan qonunni “davriylik qonuni”, deb atadi va uning ta’rifi quyidagicha: “Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og‘irliklarining qiymatiga davriy bog‘liqdir”. Ana shu qonunga muvofiq ravishda, elementlarning davriy sistemasi tuzilgan, u davriy qonunni obyektiv aks ettiradi.


973 marta ko'rildi