Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar

Bo'lim: Fizika

Muallif: Javohirbek


Yozilgan sana: 2019-01-05



Fizika grekcha «physis» – tabiat degan so‘zdan olingan bo‘lib, tabiat haqidagi fan degan ma’noni anglatadi. Inson o‘zini o‘rab turgan tabiat haqidagi bilimlarni yashash uchun bo‘lgan ayovsiz kurashlar jarayonida o‘rganib borgan. Dastlabki ilmiy ma’lumotlarni to‘plash insonlar ekin ekib, o‘troq hayot kechiradigan joylarda boshlangan. Bunday qulay imkoniyatga ega bo‘lgan misrlik va bobilliklar to‘plagan bilimlaridan foydalanib piramidalar, ibodatxonalar, qal’alar, to‘g‘onlar qurganlar. Qurilishda oddiy mexanizm Arximed lardan: richaglar, yumalatuvchi xodalar, qiya tekislikdan foyda langanlar.


Fizika haqidagi ma’lumotlarni birinchi bor kitob shaklida qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu) (e. o. 384–322-y.) bayon etgan. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar Demokrit (miloddan avval 460–370-y.) ga tegishli bo‘lsa, olam ning nimadan tuzilganligi haqi dagi nazariyani miloddan avvalgi 341–270-yillarda yashagan Epikur bergan. Uning g‘oyalarini shoir Lukret siy o‘zining «Narsalarning tabiati haqida» nomli poema sida keltiradi. Unga ko‘ra barcha jismlar ko‘zga ko‘rin maydigan, bo‘linmay digan atomlardan tashkil topgan va ular to‘xtovsiz hara katda bo‘ladi.
Fizika qonunlarini harbiy texnikada keng ko‘lamda qo‘llagan olimlardan biri Arximed edi. Arximed miloddan avvalgi 287-yilda Sit siliya orolidagi Sirakuza shahrida tug‘iladi. Bu davrda Sitsiliya oroli Rim va Karfagen orasidagi urush maydoni edi. Oroldagi hokimiyat mustaqilligini asrab qolish uchun mudofaa inshootlarini quradi. Bunda Arxi medning muhandislik qobiliyati qo‘l keladi. Rimliklar Sitsiliyaga ham dengizdan, ham quruqlikdan hujum qilishadi.


200 marta ko'rildi