KIMYO SANOATI

Bo'lim: Kimyo

Muallif: Javohirbek


Yozilgan sana: 2019-01-03



Kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yili Sho'rsuv oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan boshlandi. Uning mahsuloti ko'proq mashinasozlik (plastmassa, oyna), to'qimachilik sanoati (tola, bo'yoqlar), qishloq xo'jaligi (o'g'itlar, zaharli ximikatlar), transport (motor yoqilg'isi, surtish moyi, sintetik kauchuk), qurilish (yopishqoq plyonka, oyna, plastik) kabilarda ishlatiladi. Kimyo sanoati tarkibida mineral o'g'itlar ishlab chiqarish salmoqli o'rin egallaydi. Shuningdek, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham ishlab chiqariladi. U ko'plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta'minlar ekan, o'z navbatida boshqa tarmoqlardan energiya, jihozlar va transport vositalarini oladi. Kimyo sanoati gaz hamda paxta sanoati xomashyosini va rangli metallurgiya chiqindilarini qayta ishlaydi. Demak, kimyo sanoati tarmoqlararo ikki tomonlama aloqadorlikda bo'lib, ko'plab tarmoqlarning rivojlanishi va hududiy joylashishiga ta'sir ko'rsatadi .


1110 marta ko'rildi